Oʻzbekistonning raqamli kelajagini quramiz

Ariza qoldirish

6+

yil bozorda

500+

xodim

90+

filial mamlakat boʻylab

200+

ming mijoz

CDTI bu — odamlar va biznes uchun
IT-yechimlarni ishlab chiquvchi ekspertlar jamoasi

Birgalikda biz Oʻzbekistonning raqamli kelajagini quramiz hamda hayotni oson va samarali qiladigan yechimlarni yaratamiz.

Smart Business

Chakana savdo uchun majmuaviy yechim, hisob tizimini ombor boshqaruvi, moliyaviy tahlil hamda onlayn-kassani oʻrnatilgan dasturiy ta’minot bilan birlashtiradi

Smart Silen

Markirovkalangan tovarlar bilan ishlash jarayonini avtomatlashtirish uchun toʻliq funksiyali tizim. Markirovkalanishi lozim boʻlgan tovar ishlab chiqaruvchilari va importchilari uchun mos keladi

Smart Supply

Importchilar, ulgurji bazalar va distribyutorlar uchun ilgʻor tovar hisobga olish tizimi. Ham markirovkalangan, ham markirovkalanmagan tovarlar aylanmasini boshqarish uchun mukammal yeching.

A-PAY

Elektron pullar bilan ishlaydigan va Oʻzbekiston bozorida boshqa mahsulotlar bilan integratsiyalanish imkoniyatiga ega mobil FinTech-ilova

Ekvayring

Savdo va internet-ekvayring biznes uchun naqdsiz toʻlovlarni qabul qilish imkoniyatini taqdim etadi

X-File

B2B yoʻnalishida foydalanuvchilar bilan elektron hujjat almashinuvi ustida ishlash uchun tizim

Tamoyillarimiz

Biz doimo zamonaviy yechimlar tomon izlanishdamiz
Property 1=1
Har bir insonning hayotini yaxshilaydigan mahsulotlarni yaratamiz
Property 1=2
Jamoaning har bir a’zosi — noyob kashfiyotchi
Property 1=3
Biz shiddat bilan rivojlanyapmiz va tendensiyalardan oldindamiz
Property 1=4
Yangi gʻoyalarni dadil muhokama qilamiz
Property 1=5
Ariza qoldirish

Boʻsh ish oʻrinlari

Biz haqimizda

Bu yerda mustaqil fikrlaydigan, birgalikda ishlaydigan va doimo qo‘llab-quvvatlashga tayyor odamlar ishlaydi. Biz muhokama qilishdan, bahs-munozaraga kirishishdan, nostandart yechimlarni izlashdan qoʻrqmaymiz — aynan shunda kuchli gʻoyalar tugʻiladi. Ofisdan tashqarida ham biz bir jamoamiz: marafonlarda yuguramiz, futbol oʻynaymiz, shaxmat va kibersportda bellashamiz. Bunday lahzalar biz qurayotgan qadriyatlar — ishonch, oʻzaro hurmat va chinakam yakdillikni mustahkamlaydi.

Success stories

story1
Timur Shokirov
Mutaxassis (foydalanuvchilarni DT bilan ishlashga oʻrgatish boʻyicha)
Timur kompaniyadagi yoʻlini 2020-yilda qoʻriqchi lavozimidan boshlagan. Asta-sekinlik bilan rivojlanib, yangi yoʻnalishlarga qiziqish bildirish orqali u aloqa markazi operatoriga aylandi, soʻngra sotuvlar boʻlimiga hujjatlar almashinuvi boʻyicha mutaxassis lavozimiga oʻtdi. 2024-yilda u mahsulotlar boʻyicha bosh trener lavozimini egalladi va hozirda hamkasblarining kasbiy mahoratini oshiruvchi dasturlarni yaratib kelmoqda.
story2
Malika Safayeva
Xodimlarni tanlash va moslashtirish boʻlimi rahbari
Malika 2024-yildan buyon Xodimlarni tanlash va moslashtirish boʻlimida mutaxassisdan rahbargacha boʻlgan yoʻlni bosib oʻtdi. Xodimlarni ishga olish, moslashtirish jarayonlarini yoʻlga qoʻydi, korporativlar oʻtkazdi. Hozirda HR-brend shakllantirish, raqamli yechimlarni joriy etish ustida ishlamoqda.
story2
Malika Safayeva
Xodimlarni tanlash va moslashtirish boʻlimi rahbari
Malika 2024-yildan buyon Xodimlarni tanlash va moslashtirish boʻlimida mutaxassisdan rahbargacha boʻlgan yoʻlni bosib oʻtdi. Xodimlarni ishga olish, moslashtirish jarayonlarini yoʻlga qoʻydi, korporativlar oʻtkazdi. Hozirda HR-brend shakllantirish, raqamli yechimlarni joriy etish ustida ishlamoqda.

Suhbat bosqichlari

Yangi choʻqqilarni zabt etishga tayyormisiz? Unda biz aynan sizni kutyapmiz!

1
Javob qoldirish
Qisqa anketani toʻldiring, rezyume va portfolio (boʻlsa agar) qoldiring
2
Asosiy intervyu
Bosh rekruterimiz va boʻlajak rahbaringiz bilan uchrashuv.
Oʻz tajribangiz va muvaffaqiyatlaringiz, shuningdek, texnik savollarga javob berishda kasbiy koʻnikmalaringiz va professional yutuqlaringiz bilan boʻlishing
3
Test topshirigʻi
(lavozim turiga qarab) siz tanlagan vakansiya marketing, IT yoki moliya bilan bogʻliq boʻlsa, sizga kichikroq amaliy topshiriqni bajarishni taklif qilishadi. Bu sizning ishga nisbatan yondashuvingizni baholashga yordam beradi
4
Taklif va yangi yoʻlni boshlash
Biz belgilangan muddatda sizga javob bilan chiqamiz. Agar hammasi muvaffaqiyatli oʻtsa, biz sizga ish taklif qilamiz! Barcha tafsilotlarni muhokama qilgandan soʻng siz biz bilan birga karyerangizdagi yangi bosqichni boshlaysiz
Jamoaga qoʻshilishni istayman

Muvaffaqiyatli intervyu sirlari

Frame 2136138189
Tayyorlanish
kompaniyani, vakansiyani oʻrganing va yutuqlaringizdan namunalar tayyorlab qoʻying
Frame 2136138190
Fikrlaringizni aniq ifodalashga harakat qiling
qisqa va loʻnda javob bering, tajribangizdan aniq misollar keltiring
Frame 2136138195
Xavotir olmang
xotirjam boʻling, tabassum qiling va oʻzligingizni yoʻqotmang
Frame 2136138192
Kech qolish odobdan emas
konferensiya yoki uchrashuvda oʻz vaqtida hozir boʻling
Frame 2136138193
Soʻrashdan qoʻrqmang
nimanidir tushunmasangiz, savollarga aniqlik kiritishdan choʻchimang
Frame 2136138192-1
Muloqotdan zavq oling
natija siz kutgandek boʻlmasa ham, kelajakda sizga yana imkoniyat berilishi mumkin!
Ariza muvaffaqiyatli yuborildi.
Biz siz bilan tez orada bog'lanamiz.

Jamoaga qoʻshiling! Shaklni toʻldiring va biz siz
bilan bogʻlanamiz